Yaponiyaning Bekinmaçoq assotsiatsiyasi fevral oyi oxirida 100 dan ortiq iştirokçi bilan katta öyin ötkazişni rejalaştirmoqda.

Öyin ötkaziladigan joy sifatida Hokkaydo prefekturasining Şakotan yarimorolida joylaşgan kiçik Şakotan qişloği tepaliklari tanlangan. Qişloqda qiş juda sovuq ötadi — sanoqli kunlardagina kunduzi harorat 1 darajaga kötariladi. Hududning aksariyat qismi doimiy qalin qor ostida böladi. Qişloqda atigi 2200 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Yaponiya Bekinmaçoq assotsiatsiyasi bu öyinni tez-tez ötkazib keladi, masalan kuzda uşbu öyin Nagasakidagi kimsasiz orolda taşkillaştirilgan. Ötgan yili qişda ham bekinmaçoq qor ostida ötkazilgan.

Ayni paytda taşkilot 2025 yilgi öyinda qatnaşişni istagan 100 nafar iştirokçini qidirmoqda. Bu yilgi öyin 23 fevralga rejalaştirilgan, öşa kuni harorat -5-10 darajagaça tuşişi mumkin. Assotsiatsiyadagilar ta’kidlaşiça, iştirokçilar issiq kiyimda bölişi kerak. 6 yoşdan oşgan barça köngillilar unda iştirok etişi mumkin, ötgan yili eng keksa iştirokçi 60 yoşda bölgan.

Öyinning mohiyati yaşirinişdan iborat bölsa-da, iştirokçilar böronda yöqolib qolmasligi uçun ba’zi ehtiyot çoralari körilgan.

Öyinda qatnaşiş uçun çipta sotib oliş kerak. Odamlarni qidirişga avvalgi bekinmaçoq öyinlarida ğolib bölganlar, Antarktikada tajriba orttirgan tadqiqotçilar va Yaponiya özini özi mudofaa qiliş kuçlari xodimlari jalb qilinadi.

Öyin şartlari odatiy bekinmaçoqdan biroz farq qiladi. Unda iştirokçilar uzoq vaqt yaşirinişi kerak emas, balki öyin boşlanganidan keyin uç daqiqa içida qidiruvçilarga körinmay bazaga qaytib kela olişi kerak. Öyin bir neça raundlardan iborat böladi.

Tadbir 12:45 dan 16:00 gaça davom etadi. Iştirokçilar tuş paytida mahalliy jamoat markazida töplanadi, söng birgalikda öyin ötkaziladigan joyga boradi. Oddiy çiptalar kattalar uçun 3000 iyena (19 dollar), bolalar uçun 1500 iyena turadi. Bundan taşqari, yoşidan qat’i nazar, xohlovçilarga 15000 iyenalik 16 ta çipta ham mavjud. U yotoqxonada tunaş, mahalliy issiq buloq va saunadan foydalaniş hamda ziyofatni öz içiga oladi. Çiptalarni uşbu saytda