Musobaqa Özbekiston yengil atletika federatsiyasi, boş hamkor – «Özbekneftgaz» tomonidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toşkent şahar hokimiyati kömagida taşkil qilinmoqda.

Turnirning start-finiş nuqtasi «Humo arena» majmuasining oldidagi maydonga belgilangan. Uşbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin iştirokçini birlaştiradi. Musobaqa dasturi ham kengaytirildi va unga 3 ta masofa qöşildi: yarim marafon – 21,1 km, çorak marafon - 10,5 km va 3 kmga yuguriş. Poygalarga 07:00 da start beriladi.

«Men ğolib» kubogini qölga kiritiş uçun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qömitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa hamda kuç işlatuvçi tuzilmalar ta’lim muassasalarining 6 ta jamoasi kuraş olib boradi.