Kurash bo‘yicha prezident sovrini uchun xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi
O‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida uyushtiriladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” dasturlariga sport kurashlari kiritiladi.

Foto: KSAO
“Sport kurashlari olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022-2024 yillarda sport kurashlari olimpiya turlarini (erkin kurash va yunon-rum kurashi) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
2023 yildan har yili an’anaviy tarzda sport kurashlari bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida navbatma-navbat respublika barcha hududlarida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo‘yicha):
- yoshlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari;
- o‘smirlar o‘rtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari;
- kattalar o‘rtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari;
- Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida vazir kubogi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida rais kubogi, Milliy gvardiya tizimida qo‘mondon kubogi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi kubogi, viloyat hokimi kubogi va Toshkent shahri hokimi kubogi musobaqalari o‘tkaziladi.
O‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida uyushtiriladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari dasturlariga sport kurashlari kiritiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan Jismoniy tarbiya va sport universitetida sport kurashlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish amaldagi davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
2023 yildan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlari kamida bitta turi bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlari ikkita turi bo‘yicha seksiya va bo‘limlar tashkil etiladi.
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida ishtirok etadigan sportchilar natijalari xorijiy malakali hakamlar tomonidan baholanishi yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
-
WSJ: Trampning maslahatchisi Mayk Uols Signal messenjeri chatlarida Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilgan
Jahon | 21:37
Mavzuga oid

12:30 / 10.02.2025
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

10:57 / 25.11.2024