1 dekabrdan haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi
1 dekabrdan boshlab jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunda qoidabuzarliklar avtomatik tarzda dasturiy ta’minotda qayd etib boriladi. Ushbu tizim yangi bo‘lgani sababli, test rejimida ishlagan vaqtda tizimdagi hamda sodir etilgan qoidabuzarliklardagi barcha xato va kamchiliklar tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash davrida bosqichma-bosqich aniqlanib, bartaraf etilib, takomillashtirilib boriladi.
Jarima ballarini joriy etish bo‘yicha qonun hamda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilgan holda qonun loyihasini qayta takomillashtirish ishlari olib borilayotgani aytiladi.
Aholidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan e’tirozlar oldini olish maqsadida test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.
Dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan xato va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgandan keyin ishga tushirilib, haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi. Ijobiy test sinov natijalari yuzasidan, mazkur tizimni ishga tushirish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballarini hisoblab borish, hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchini ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish, qoida buzmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llanishi tartibini nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish ko‘zda tutilyapti.
Mavzuga oid
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:30 / 01.11.2024
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘zaro janjallashdi
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
12:14 / 11.10.2024