Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 5 ming sömdan sotilayotgan kolbasa mahsulotlari aks etgan videolar tarqaldi. Unda kolbasalar oçiq şaroitda (sovitkiçli dökonda emas), kelib çiqişi va tarkibi noma’lum holda sotilayotganini köriş mumkin.

Göşt narxidan kelib çiqilsa, 5 ming sömlik “kolbasa”ning qanday mahsulot ekani haqida savol paydo böladi.

Arzon kolbasalar odatda qişloq xöjaligida işlatiladigan qoplarda sotilmoqda. Videolardan birida sotuvçi bu mahsulotdan “har kuni mingtadan oşiq” yetkazib berilayotganini aytadi.

Kun.uz holatga aniqlik kiritiş maqsadida Sanitariya-epidemiologiya qömitasining Toşkent şahar boşqarmasi bilan boğlandi. Boşqarma axborot xizmatining ma’lum qilişiça, kolbasa tarkibi noma’lum. Mahsulot sifati tasdiqlanmagan, ularning tarkibi, işlab çiqaruvçisi va yaroqlilik muddati böyiça aniq ma’lumot mavjud emas.

SESga köra, sanitariya talablari böyiça mahsulot qadoğida işlab çiqaruvçi, tarkib, saqlaş şaroiti va yaroqlilik muddati kabi ma’lumotlar bölişi şart. Bu ma’lumotlarsiz mahsulotlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi va inson salomatligi uçun xavfli bölişi mumkin.

“Sanitariya qoidalariga köra, mahsulot qadoğida töliq ma’lumotlar körsatilmagan bölsa, bu uning iste’molga yaroqsiz ekanligini bildiradi. Çunki uning tarkibi va tayyorlaniş şaroiti noma’lum sanaladi. Mahsulotning kelib çiqişi, saqlaş şaroiti va xavfsizligi böyiça heç qanday kafolat bölmasa, bu aholi salomatligi uçun xavfli hisoblanadi. Ayniqsa, havo harorati yuqori bölgan mavsumda göşt va kolbasa mahsulotlarini sanitariya talablariga rioya qilmasdan saqlaş turli zaharlanişlar va infeksion kasalliklarga sabab bölişi mumkin”, – deyiladi boşqarma izohida.

Ma’lum qilinişiça, kolbasa sotuvçilari ikki marta ogohlantirilgan va ularga nisbatan jarima çoralari qöllangan. Katta miqdordagi kolbasa mahsulotlari yöq qilingan.

Biroq bu yerda muhim savollar oçiq qolgan: agar mahsulot haqiqatan inson salomatligi uçun xavfli bölsa, nega SES faqat ogohlantiriş va jarima bilan çeklandi? Nega mahsulot namunalari zudlik bilan laboratoriya tekşiruvidan ötkazilib, tarkibi böyiça rasmiy xulosa e’lon qilinmadi?

Videolarda köriş mumkinki, bu kolbasalar xaridorlar tomonidan köplab sotib olinyapti, allaqaçon iste’molga tarqalib ulgurdi. Oziq-ovqat xavfsizligida esa vaqt hal qiluvçi ahamiyatga ega. Bunday holatlarda mahsulotni savdodan zudlik bilan olib taşlaş, uni ekspertizadan ötkaziş va natijalarni jamoatçilikka oşkor qiliş kutilgan çoralardan hisoblanadi.