O‘zbekiston | 17:49 / 24.12.2018
60372
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: endi biror kishi o‘z ko‘rsatmasidan tona olmaydi

Bugun, 24 dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» Markazida 2018 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining Bosh prokuratura mas'ul hisoblangan bandlarini ijro etilishi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bosh prokuratura mas'ul xodimlari, yetakchi mutaxassislarining sohaga oid yillik hisoboti taqdim etildi.

Tadbirda ishtirok etgan Bosh prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi rahbari Alisher Imomnazarov sohada qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan yangi qurilmalar haqida ma'lumot berdi.

Ulardan biri barmoq skaneri bo‘lib, ko‘rsatma beruvchi albatta unga barmog‘ini qo‘yishi lozim bo‘ladi. Shuningdek sensor ekranga elektron imzo chekish va kompyuterga kiritish ham ko‘rsatma beruvchining shaxsini aniqlash va uning ko‘rsatmalarda ishtirok etganligi bilan bog‘liq shubhalarning oldini oladi. Bundan tashqari, suratlarni elektron qayd qilish tizimi ham ishlaydi.

Bu qurilmalarning hammasi shu kunga qadar ko‘p kuzatilgan tergovdagi ko‘rsatmalardan tonish, aslida tushunmaganlik yoki umuman bu jarayonda bo‘lmaganlik kabi bahonalarning oldini olishda hamda barcha jarayonda shaffoflikni ta'minlashda xizmat qiladi.

Mavzuga oid