Bugun, 24 dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» Markazida 2018 yilga möljallangan Davlat dasturining Boş prokuratura mas'ul hisoblangan bandlarini ijro etilişi natijalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda Boş prokuratura mas'ul xodimlari, yetakçi mutaxassislarining sohaga oid yillik hisoboti taqdim etildi.

Tadbirda iştirok etgan Boş prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boşqarmasi rahbari Alişer Imomnazarov sohada qöllanilişi rejalaştirilayotgan yangi qurilmalar haqida ma'lumot berdi.

Ulardan biri barmoq skaneri bölib, körsatma beruvçi albatta unga barmoğini qöyişi lozim böladi. Şuningdek sensor ekranga elektron imzo çekiş va kompyuterga kiritiş ham körsatma beruvçining şaxsini aniqlaş va uning körsatmalarda iştirok etganligi bilan boğliq şubhalarning oldini oladi. Bundan taşqari, suratlarni elektron qayd qiliş tizimi ham işlaydi.

Bu qurilmalarning hammasi şu kunga qadar köp kuzatilgan tergovdagi körsatmalardan toniş, aslida tuşunmaganlik yoki umuman bu jarayonda bölmaganlik kabi bahonalarning oldini olişda hamda barça jarayonda şaffoflikni ta'minlaşda xizmat qiladi.