Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Madaniy meros departamenti tashkil etiladi
Foto: Kun.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risidagi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tashkiliy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti markaziy apparati tuzilmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari namunaviy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti qoshidagi Ilmiy-ekspert kengash tarkibi tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti markaziy apparatining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari cheklangan soni 48 nafar etib belgilanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Departament va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996 yil 12 apreldagi 147-son qarorida nazarda tutilgan mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish tartibi hamda belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari qo‘llaniladi;
Departament va uning hududiy boshqarmalarini saqlash xarajatlari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga belgilangan tartibda qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Departament markaziy apparatini saqlash xarajatlari uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida madaniyat sohasiga nazarga tutilgan mablag‘lar doirasida ajratadi, 2020 yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Departamentning hududiy boshqarmalarini davlat mulki hisoblangan binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiradi;
Departamentning hududiy boshqarmalarini moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash, xususan, transport vositasi bilan ta'minlash, hududdagi moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ularga muhofaza belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida madaniyat sohasiga nazarga tutilgan mablag‘lar doirasida ajratadi;
Departamentning hududiy boshqarmalarini saqlash xarajatlarini 2019 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutadi.
Departament Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzildagi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari o‘z faoliyatida bevosita Departamentga bo‘ysunadilar va hisobot beradilar.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
moddiy madaniy meros, shu jumladan, arxeologiya merosi obektlari, muzey ashyolari va kolleksiyalari hamda madaniy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish, arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastrini yuritish, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan obektlarni aniqlash, ularni hujjatlashtirish va davlat hisobiga olish, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari toifalari va qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, shuningdek ulardan oqilona foydalanilishini ta'minlash;
tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini, moddiy madaniy meros obektlarining tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga asrashga doir ishlarni putur yetkazmagan holda amalga oshirilishi bo‘yicha uzluksiz ilmiy-texnik nazoratni olib borish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy va jahon madaniy merosi obektlari jumlasiga kiritilgan hududlarda shaharsozlik va boshqa xo‘jalik faoliyatlarini ularning tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda olib borilishini muvofiqlashtirish;
arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya tadqiqotlarini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilinishi, arxeologiya ashyolarining o‘z vaqtida hisobga olinishi va davlatga topshirilishini nazorat qilish hamda ularni fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirish, shuningdek arxeologiya tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy hisobotlarni qabul qilish, ekspertizadan o‘tkazish va arxivini yig‘ish, arxeologiya yodgorligini konservatsiyalash hamda muzeylashtirish;
milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzey fondi tasarrufidan chiqarish yoki boshqa muzey fondiga o‘tkazish, madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek davlat tomonidan muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan madaniy boyliklar, jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalari, qadimiy yozma manbalarning but saqlanishini va hisobi yuritilishini tekshirish, milliy arxiv fondi bundan mustasno;
olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ta'mirshunoslikdagi o‘ziga xos uslub, an'ana va maktablarini rivojlantirishni, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;
moddiy madaniy meros obektlarini keng targ‘ib etish va ommalashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, innovatsion va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish.
Mavzuga oid
21:09 / 15.05.2025
“Aniq reja yo‘q” - Hastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?
20:46 / 27.12.2023
«Qadriyat» elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi
16:31 / 29.09.2023
«Sharq» nashriyoti va O‘zAga tegishli binolarni xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayon haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi
12:32 / 29.09.2023