Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Ispaniyada ikki tezyurar poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Yana taxminan 100 kishi jarohat olgan, shundan 30 nafari - og‘ir ahvolda. Bu haqda dushanba, 19 yanvarga o‘tar kechasi Ispaniya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. Fojia 18 yanvar kechqurun Ispaniyaning Kordova viloyatida sodir bo‘lgan.
Foto: REUTERS
Iryo kompaniyasiga tegishli, Malagadan Madridga ketayotgan poyezd relsdan chiqib, qo‘shni yo‘lga chiqib ketgan va u yerda qarshi tomondan kelayotgan, Uelvaga yo‘nalgan poyezd tarkibi bilan to‘qnashgan. Hodisa sababi hozircha noma’lum. Ispaniya OAV ma’lumotiga ko‘ra, ikki poyezdda jami 400 kishi bo‘lgan.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi. Ispaniya qirollik oilasi ham ta’ziya bildirdi.
Reuters agentligi yozishicha, fojia joyida qutqaruvchilar ishlashda davom etmoqda — ular poyezdlardagi yo‘lovchilar orasidan tirik qolganlarni topishga harakat qilmoqda. Mahalliy televideniyega bergan izohlarida qutqaruvchilar hozircha to‘qnashuvda asosiy zarba tushgan vagonlardan qancha odam omon qolganini baholay olmasligini aytgan.
Poyezdlar relsdan chiqqan hudud joylashgan Adamus munitsipaliteti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u hodisa joyiga birinchi bo‘lib yetib kelganlardan biri bo‘lgan. “Men tanib bo‘lmaydigan darajada mayib bo‘lgan yo‘lovchini ko‘rdim”, — deb aytgan amaldor El Pais gazetasiga bergan izohida.
Mavzuga oid
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
13:49 / 31.03.2026
Ispaniya Erondagi urushda ishtirok etayotgan samolyotlar uchun osmonini yopdi
09:06 / 30.03.2026