1 apreldan to‘ylar va boshqa ommaviy tadbirlarga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi
Respublika maxsus komissiyasi so‘nggi kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallanish holatlari ortgani munosabati bilan mamlakatda keskin epidemiologik holat yuzaga kelishining oldini olish maqsadida qator takliflarni ma'qulladi.
Unga ko‘ra, 1 apreldan boshlab to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni o‘tkazishda kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik nazoratni kuchaytirish va tashrif buyuruvchilar sonini 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish talab etiladi.
SSV matbuot xizmati xabar berishicha, 1 apreldan boshlab, teatr, kino (kinoteatr) va konsert-tomosha dasturlarini tashkil etishda:
- tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarga tashrif buyuruvchi tomoshabinlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qat'iy niqobda bo‘lishlarini ta'minlash;
- tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmaslik;
- tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta'minlash;
- tomosha dasturlariga tashrif buyuruvchilarning tana harorati nazoratini o‘rnatish hamda tana harorati ko‘tarilgan shaxslarni dasturga qo‘ymaslik;
- tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarda savdo shoxobchalari faoliyatini to‘xtatish (niqob va antiseptik vositalar savdosi bundan mustasno);
- tomosha dasturlari bo‘yicha tarqatilayotgan (sotilayotgan) chiptalarga «Fakat sog‘lom bo‘lsangizgina tashrif buyuring» yozuvini yozish orqali aholini ogohlikka chaqirish va boshqa tomoshabinlarga kasallik yuqib kolishining oldini olish choralarini ko‘rish;
- tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning kirish qismida tomoshabinlarning binoga tartibli kirishlarini ta'minlash maqsadida maxsus lentalar yordamida bir qatorli kirish va chiqish yo‘laklarini o‘rnatish tartibi belgilandi.
Tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarda karantin qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo‘yicha mas'uliyat tashkilotchilar zimmasiga yuklatiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan ayrim xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan koronavirus bilan bog‘liq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, bunday holatlar O‘zbekistonda ham qaytarilmasligi hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning faoliyatini tizimli tashkil etish uchun shaxsiy mas'uliyatni oshirishni so‘radi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023