O‘zbekiston | 07:50 / 31.10.2024
3940
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi

Yo‘lning chetki chap qatorida yuk avtomobillari harakatlanishi (chapga burilish yoki orqaga qayrilish kabi ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno) endi bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari - 187,5 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda endi yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha kiritildi

Kodeksning yangilangan 128-moddasiga ko‘ra, yo‘lning chetki chap qatorida yuk avtomobillarining harakatlanishi (chapga burilish yoki orqaga qayrilish kabi ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno) endi bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari, ya’ni 187,5 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi jarimadan keyin bir yil davomida takroran qoidabuzarlik BHMning 1 baravari (375 ming so‘m), uchinchi qoidabuzarlik BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m), yil davomida to‘rtinchi va undan keyingi qoidabuzarliklar BHMning 4 baravari (1,5 mln so‘m) miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga oid