Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 8 ta davlat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 ta davlat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlab, milliy xavfsizlik choralarini kengaytirishini e'lon qildi. Uning bu haqdagi bayonoti Oq uy saytida joylashtirilgan.
Taqiqlov Chad, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Suriya, Venesuela va Yaman fuqarolariga taalluqli bo‘ladi. Tramp va ichki xavfsizlik vaziri Somali AQShga kirish uchun minimal talablarga javob bersa-da, ushbu Afrika davlati ham yuqoridagi davlatlar qatorida qolishiga sabab bo‘luvchi omillar mavjud, degan xulosaga kelishgan.
Trampning ta'kidlashicha, bunday keskin chora muhojirlarni xavfsiz tanlab olishning imkoni yo‘qligi bilan shartlangan. Taxmin qilinishicha, AQShga kirishga taqiqlov ehtimoliy terrorchilarga AQSh hududiga kirishga xalaqit berishda yordam beradi.
26 iyunda AQSh oliy sudi Trampga aksariyat aholisi musulmonlarni tashkil qiluvchi 6 ta davlat fuqarolariga qisman va barcha muhojirlarga to‘liq AQShga kirishni taqiqlashga ruxsat bergandi. Ruxsat 30 iyundan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15
Oq uy: Tramp samolyoti elektronikadagi nosozlik sabab ortga qaytdi
10:30
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
10:00