O‘zbekiston | 15:23 / 01.06.2026
4503
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Samarqand davlat texnika universitetiga aylantirilmoqda. TATUning Samarqand filiali SamDUga o‘tkaziladi. SamDUning Urgut filiali Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakultetiga aylanadi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga qo‘shib olinadi.

Foto: Yandex-xaritalar

“Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan:

  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etiladi;

  • Samarqand davlat universitetiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qo‘shib olinadi;

  • Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filiali qo‘shib olinadi hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

  • Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialini qo‘shib olinadi.

2026/27 o‘quv yilidan mazkur qarorda ko‘zda tutilgan OTMlarning professor-o‘qituvchilari va doktorantlari xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish va ilmiy stajirovkaga yuboriladi.

2027/28 o‘quv yilidan Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid