Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
Murakkab jarrohlik amaliyoti Samarqandda o‘tkazildi, qo‘shimcha pastki tana va oyoqlar amputatsiya qilindi.
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida dunyoga kelgan to‘rt oyoqli chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ikkita murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi. Bu haqda markaz rahbariyati Kun.uz nashriga ma’lumot berdi. Qayd qilinishicha, bolani yana bir nechta shunday murakkab jarrohlik amaliyoti kutmoqda.
Ta’kidlanishicha, bola 28 aprel kuni Sherobodda tug‘ilgan, ertasi kuni Samarqandga yuborilgan. Unga ko‘p sonli tug‘ma rivojlanish nuqsonlari, birga qo‘shilib ketgan egizaklar va qo‘shimcha pastki tana va oyoqlar kompleksi tashxisi qo‘yilgan. Oyoqlarning ikkitasi kalta, rudimentar shaklda va harakatsiz bo‘lgan. Murakkab jarrohlik amaliyoti davomida qo‘shimcha pastki tana va oyoqlar amputatsiya qilingan.
Shifokorlar fikriga ko‘ra, odatda bunday patologiya bilan dunyoga kelgan chaqaloqlarning yashab ketishi qiyin bo‘ladi. Biroq bolaning hayotini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Qayd qilinishicha, ayol homilasi 26 va 36 haftaligida skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. Ammo shifokorlar bolaning sog‘lom ekanini, shunchaki kindigi o‘ralib qolganini aytgan. Taxminlarga ko‘ra, skrining tekshiruvini o‘tkazgan xodim tekshiruv davomida e’tiborsizlik qilgan bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda chaqaloq yangi va murakkab jarrohlik amaliyotlariga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026