O‘zbekiston | 14:11 / 03.08.2018
22966
4 daqiqa o‘qiladi

O‘rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining ish yuklamalari qanday hisoblab chiqariladi?

Foto: marifat.uz

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta'limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ko‘ra, ish reja umumiy o‘rta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasidan (tarifikatsiya bo‘yicha ajratilgan dars soatlaridan) iborat.

Pedagog xodimlar uchun dars soatlarining tarifikatsiyasi umumiy yillik ish yuklamasida belgilangan 1548 soat (yillik 43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat) hisobidan amalga oshiriladi.

Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining pedagog xodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi quyidagicha belgilanadi:

1-4-sinflarda haftasiga 18 soat;
5-11-sinflarida haftasiga 20 soat.

Ish rejani shakllantirish uchun umumiy o‘rta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi hisoblab chiqariladi.

Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya'ni:

18*1=18+18=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat;

5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya'ni:

20*0,8=16+20=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat.

Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi (bir stavka hisobida) bir haftada 36 soat, bir oyda 154,8 soat, bir yilda 1548 soat miqdorida quyidagi qismlardan iborat holda amalga oshiriladi:

o‘quv-tarbiya jarayoni;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon.

O‘quv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars mashg‘ulotlari olib boriladigan haftalar soniga ko‘paytirish orqali, ya'ni 18*34=612 coat;
5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini bir yil mobaynida dars mashg‘ulotlari olib boriladigan haftalar soniga ko‘paytirish orqali, ya'ni 20*34=680 soat.

O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun ajratiladigan soatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi yillik hajmidan o‘quv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlarni ayirish orqali, ya'ni 1548-612=936 coat;
5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi yillik hajmidan o‘quv-tarbiya jarayoni uchun ajratiladigan soatlarni ayirish orqali, ya'ni 1548-680=868 soat.

Ish reja ikki qismdan iborat tadbirlar majmuasidan iborat tarzda shakllantiriladi:

o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.

O‘quv-tarbiya jarayoniga oid yillik ish reja umumiy o‘rta ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga ko‘ra pedagog xodimlarga tarifikatsiya bo‘yicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid