Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi
Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, Tehron hozir bevosita mojaroni hal qilishga tayyor, biroq Vashingtonga Eron hukumati intilayotgan shartlar yoqmaydi.
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi. AQSh harbiylari mamlakatda jangovar harakatlarni qayta boshlashi mumkin, dedi u yig‘ilish chog‘ida, siyosatchining nutqini Oq uy YouTube kanali translatsiya qildi.
AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Tehron hozir bevosita mojaroni hal qilishga tayyor, biroq Vashingtonga Eron hukumati intilayotgan shartlar yoqmayapti.
«AQSh yo qoniqarli kelishuvga erishadi yoki ishni yakunlaydi. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi», dedi Tramp Eron bilan urushning qayta boshlanishiga ishora qilib.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini topshirish evaziga Amerika cheklovlarining yumshatilishi uni qoniqtirmasligini ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Tehron «yuqori darajada boyitilgan uranni topshiradi, lekin sanksiyalarni yumshatish evaziga emas».
27 may kuni Reuters agentligi Eron davlat televideniyesiga tayanib, Tehron AQSh bilan o‘zaro anglashuv memorandumining «dastlabki va norasmiy» loyihasini olgani haqida xabar berdi. Memorandum loyihasiga ko‘ra, Eron bir oy ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tijorat kemachiligini urushdan oldingi darajaga tiklash majburiyatini oladi. AQSh, o‘z navbatida, Eron yaqinidagi Qurolli kuchlarini chaqirib olishi va dengiz blokadasini bekor qilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:07
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
18:59
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
14:54
Eronliklar uzoq shatdaundan keyin internetga kirishdi. Buni ular qanday qarshi olishdi?
13:56