Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Xalq bankining O‘zbekiston bank xizmatlari markazida ishlovchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m talab qiladi.
Foto: DXX
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u kredit ajratib berish uchun muqaddam 600 ming so‘m, bank boshqaruvchisi o‘rinbosari esa 920 ming so‘m olganligi aniqlandi.
Shuningdek, “Xalq banki” O‘zbekiston BXM mansabdor shaxslari, O‘zbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 2 nafar hokim yordamchisi va ulgurji savdoga ixtisoslashgan MChJ rahbari soxta hujjatlar asosida boshqa fuqarolar nomiga 153 mln so‘m miqdorida maqsadsiz kredit ajratilishiga erishib, ularni naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari ham ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
BXM boshqaruvchisi o‘rinbosari 2000 va 2015 yillarda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.
Mavzuga oid
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
22:30 / 15.03.2026
Farg‘onada ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan olib tashlanmoqda
16:10 / 11.03.2026