Ilon Mask Tesla tadbirida «kibertaksi»ni namoyish etadi
Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi avtomobillar insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi va ularni ijaraga berish orqali daromad ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Tesla rahbari Ilon Mask Kaliforniyadagi Warner Bros studiyasida Cybercab kompaniyasi tomonidan yaratilgan robotaksi prototipini namoyish etdi, deb xabar beradi BBC.
Haydovchisiz boshqariladigan avtomobil Maskni anchadan buyon qiziqtirib keladi va u bunday avtomobillarga oid ancha dalil prognozlarni qilgan. Ilon Maskka ko‘ra, bu turdagi avtomobillar insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi va ularni ijaraga berish orqali daromad ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Ammo u Tesla’ning «Biz — robotmiz» tadbirida sahnaga chiqqach, kompaniya bu ambitsiyalarni amalga oshira oladimi, degan shubhalarni tarqatib yuborishi kerak. Loyiha shundoq ham kechikishlar bilan ketyapti — u avgust oyida ishga tushirilishi kerak edi. Ayrim tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu hamyonbop elektromobillarni ishlab chiqarishga bel bog‘lagan kompaniyaning e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
Shu bilan birga, Alphabet kompaniyasiga tegishli Waymo haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari hozirda AQShning ayrim yo‘llarida harakatni boshlagan. Maskning aytishicha, Tesla robotaksisining ishga tushirilishi oxirgi daqiqalarda kiritilgan o‘zgarishlar bois kechiktirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Cybercab ikkita o‘rindiq va kapalaknusxa qanotga ega bo‘ladi. U lidar kabi lazerli datchiklardan farqli o‘laroq, yo‘llarda harakatlanishda kameralar va hisob kombinatsiyasidan foydalanadi.
Dunyoda haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar sektori kengayib bormoqda. Waymo oktyabr boshlarida o‘zining robotaksi parkiga Hyundai Ioniq 5 ni qo‘shishini ma’lum qilgandi. Uber taksi xizmati ham o‘zining avtoparkini shu turdagi avtomobillar bilan boyitish ustida ish olib bormoqda.
Mask Cybercab’ning narxi 30 ming dollardan kam bo‘lmasligini bildirgan.
Mavzuga oid
20:59 / 20.12.2024
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
22:55 / 11.12.2024
Ilon Mask 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega dunyodagi birinchi odamga aylandi
18:14 / 11.12.2024