Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Ular prezidentga o‘z takliflarini bildirishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ushbu muloqotda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
20 iyuldan 31 iyulgacha tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq masala, o‘z biznesini kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga murojaat qilishi mumkin.
Tadbirkorlar prezidentga o‘z murojaatlarini barcha tuman va shahardagi tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, shtab koll-markazlarining 11-00, (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari yoki quyidagi internet tarmoqlari orqali yetkazishi mumkin:
Telegram: t.me/uzchamber yoki @taklif_bot telegram boti;
Sayt: www.chamber.uz;
Facebook: www.facebook.com/uzchamber;
Instagram: www.instagram.com/uzchamber;
E-mail: info@chamber.uz;
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Indeks: 100047.
Mavzuga oid
18:36
Bu yil qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan
21:17 / 14.11.2024
SSV huzurida «Xaridlar markazi» va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi
16:20 / 14.11.2024
“Iqlim o‘zgarishi muammolarini ayniqsa Markaziy Osiyoda o‘tkir his qilyapmiz” - Shavkat Mirziyoyev
14:37 / 13.11.2024