Börttirilgan ayblov ortidan juda köp miqdordagi mablağlari tergov davrida tortib olingan tadbirkorlar sudda qisman adolatga erişgan. Ammo Boş prokuratura xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining markaziy mahkamasi olib qöyilgan pullarini qaytariş böyiça sud hujjatlarini bajarmayapti. Uni undirişi kerak bölgan MIB esa departamentning “tuğişgan ukasi”.

Boş prokuratura departamenti tomonidan sud hujjatlarini oçiqçasiga ijro qilmaslik holatlari köpaymoqda. Bu ayniqsa, jinoyat işi tergovi paytida departamentning depozit hisobraqamiga majburiy tarzda olingan mablağlarni egalariga qaytariş bilan boğliq sud hujjatlari ijrosida köproq közga taşlanyapti. Tadbirkorlar öz pulini departamentdan qaytarib ololmasdan, oylab sarson bölmoqda.

1-holat

Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida “The Elite Case”, “The Fall” va “Max Standart” MÇJlar ta’sisçisi Ğayrat Karimjonovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqilgan. U soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş hamda savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buzişda ayblangan.

Sudning 2025 yil 25 martdagi hukmi bilan Ğayrat Karimjonov aybdor deb topilgan hamda 75 mln söm miqdorida jarima jazosiga tortilgan. Şuningdek, Boş prokuratura departamenti depozit hisobraqamiga topşirilgan 2 mlrd 667 mln 888 ming söm pul mablaği yetkazilgan moddiy zararni qoplaş uçun Uçtepa tuman davlat soliq inspeksiyasi orqali davlat foydasiga undirilişi belgilangan.

Biroq sud hukmi bilan tergov organi depozit hisobraqamiga topşirilgan 15 793 AQŞ dollari va 21 mln 406 ming 101 rubl (21 oktyabr holatiga Markaziy bank belgilagan kurs böyiça 3 mlrd 377 mln 192 ming söm) pul mablağlarining taqdiri hal qilinmagan. JIB Uçtepa tuman sudining 2025 yil 24 apreldagi ajrimi bilan uşbu mablağlarni depozit qöyuvçiga, ya’ni Ğayrat Karimjonovga qaytariş belgilangan.

Ammo Boş prokuratura departamenti 5 oydirki sud hujjati ijrosini ta’minlamasdan, uşbu pul mablağlarini tadbirkor Ğayrat Karimjonovga qaytarmay kelmoqda. Bu orada departament JIB Uçtepa tuman sudiga 2025 yil 12 iyunda yuqoridagi jinoyat işi böyiça davlatga yetkazilgan zararni undirişdan ortib qolgan pul mablağlarini “The Elite Case”, “The Fall” va “Max Standart” MÇJlarning budjet va davlat maqsadli jamğarmalariga tölovlar böyiça talablarni qanoatlantirişga yönaltirişni sörab, murojaat yöllagan. JIB Uçtepa tuman sudi 2025 yil 20 iyun kuni uşbu murojaatga rasmiy javob qaytarib, sudda jinoyat işini muhokama qiliş faqat ayblanuvçilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov böyiça olib borilişini, sud hukmida ayblov doirasiga kiritilgan zararni undirişgina belgilanganini ma’lum qilgan. Ya’ni sud Boş prokuratura departamenti sörovini rad etgan.