Sport | 00:05 / 26.05.2018
6683
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Neftchi» yana mag‘lubiyatga uchradi

Superliga 13-turida «Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qildi.

Mehmonlar qarshi hujumlarda samarali o‘ynab, har ikkala taym boshida urilgan gollar evaziga g‘alaba qozonishdi. Shohruz Norxonov 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Oybek Nurmatov 56-daqiqada uni oshirdi.

Bu natijadan so‘ng, «So‘g‘diyona» 12 ochko bilan 10-o‘rinda, «Neftchi» esa 5 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 13-tur
25 may, Farg‘ona
Neftchi (Farg‘ona) – So‘g‘diyona (Jizzax) - 0:2  
Gollar: Shohruz Norxonov (3), Oybek Nurmatov (56)
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, R.Lutfullin.
Nazoratchi – A.Abdullayev.
Neftchi: Vitaliy Mirniy, Shukurali Po‘latov, Abbos Maxstaliyev (Islombek Karimov, 67), Abrorbek Ismoilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Alisher Samatov, Avaz Agaliyev (Husniddin G‘ofurov, 79), Xurshidbek Asqaraliyev (Abdul Aziz Yusupov, 61), Dostonbek Tursunov
So‘g‘diyona: Dilshod Hamroyev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov, Doniyor Hasanov (Nurillo To‘xtasinov, 70), Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 88), Tohir Shamsiddinov, Oybek Nurmatov (Izzat Abdullayev, 76), Ruslan Melziddinov
Ogohlantirishlar: Dilshod Hamroyev 71, Abdurahmon Abdulhaqov 83

Mavzuga oid