Sport | 19:49 / 30.11.2025
4660
2 daqiqa o‘qiladi

Superligada qolish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi

Ligada qolish uchun 4 ta klub kurash olib boradi. 5 dekabr kuni o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlarida "Qo‘qon-1912" va "Mash’al" "Xorazm" va "Buxoro"ni o‘z maydonlarida qabul qiladi.

Foto: pfl.uz

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi yakuniga yetdi.

30-turning so‘nggi o‘yinlarida g‘alaba qozongan "Andijon" va "Surxon" klublari Superligada qolish vazifasini bajardi. 16-o‘rinni band etgan "Sho‘rtan" esa Pro ligaga tushib ketdi.

Ligada qolish uchun 4 ta klub kurash olib boradi. 5 dekabr kuni o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlarida "Qo‘qon-1912" va "Mash’al" "Xorazm" va "Buxoro"ni o‘z maydonlarida qabul qiladi.

Bu o‘yinlarda g‘alabaga erishgan jamoalar Superligada qoladi. Mag‘lubiyatga uchragan ikki klub esa 10 dekabr kuni neytral maydonda o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bahs g‘olibi Superligada qoladi, yutqazgan jamoa "Aral" bilan so‘nggi yo‘llanma uchun kurashadi.

Bu yil Superligada "Neftchi" 24 yillik tanaffusdan keyin chempionlikka erishdi. "Paxtakor" ikkinchi, "Nasaf" uchinchi o‘rinni egalladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid