Özbekiston ösmirlar jamoasi sobiq boş murabbiyi Islombek Ismoilov ham Superliga klubida iş boşladi. Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati «Neftçi» klubi uşbu yoş mutaxassis bilan şartnoma tuzilgani haqida e’lon qildi.

«Marğilon şahrida tuğilgan Islombek Ismoilov yoş bölişiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erişib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan. U boşqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy öyin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz şarafini munosib himoya qildi», – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

«Neftçi» klubi oldiga «çempionlikni saqlab qoliş va mustahkamlaş, Osiyo Çempionlar Ligasi elit bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etiş, jamoaning raqobatbardoş va uzluksiz rivojini ta’minlaş» vazifalari qöyilgani qayd etilgan.

«Neftçi»ni 2022 yildan buyon Vitaliy Levçenko boşqarib kelayotgandi. Yakunlangan mavsumda u jamoa bilan uzoq kutilgan çempionlikka erişdi va mavsumning eng yaxşi murabbiyiga aylandi.

Bundan oldinroq Namanganning «Navbahor» klubi Özbekiston milliy jamoasining sobiq boş murabbiyi Timur Kapadzeni, Andijonning «Andijon» klubi esa asosiy jamoaning yana bir sobiq boş murabbiyi Samvel Babayanni boş murabbiylikka tayinlagandi.