Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada sobiq shahzoda Endryu hibsga olindi
Politsiya «mansab vakolatini suiiste’mol qilish» ayblovi bo‘yicha tergov boshlanganini aytmoqda. Ish doirasida Byorkshir va Norfolkdagi manzillarda tintuvlar o‘tkazildi. Endryu odam savdosida ayblangan amerikalik moliyachi Jyeffri Epshteyn fayllarida ko‘p marta tilga olingan.
Foto: Getty images
Britaniya politsiyasi qirol Charlz III ukasi - sobiq shahzoda Endryu Mauntbetten-Vindzorni qo‘lga oldi.
BBC xabariga ko‘ra, politsiya bayonotida hibsga olingan shaxsning ismi keltirilmagan, biroq «jamoatchilikning katta qiziqishi» tufayli yangiliklar bo‘lishi bilan e’lon qilinishi aytilgan.
«Surishtiruv doirasida bugun [19 fevral] norfolklik oltmish yoshlardagi erkakni xizmat mavqeini suiiste’mol qilishda gumon qilib hibsga oldik va Byorkshir hamda Norfolk manzillarida tintuv o‘tkazmoqdamiz. Hozir erkak hibsda saqlanmoqda», deyiladi politsiya xabarida.
Endryu Mauntbetten-Vindzor - Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ukasi, u 66 yoshda. So‘nggi paytlarda uning ismi odam savdosida ayblangan amerikalik moliyachi Jyeffri Epshteynning fayllarida paydo bo‘lgani sababli uning atrofida mojaro avj olmoqda.
Epshteynning qurbonlaridan biri, amerikalik Virjiniya Juffrening aytishicha, moliyachi uni o‘zining nufuzli tanishlari, jumladan Endryuga «qarzga bergan». Uning so‘zlariga ko‘ra, u 2001 yilda 17 yoshida Endryu bilan uch marta yaqin aloqada bo‘lgan.
AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan fayllardan ma’lum bo‘lishicha, Endryu moliyachi Epshteyn bilan muntazam ravishda yozishib turgan va u bilan ehtimoliy biznes bitimlari, dunyoviy uchrashuvlar, shuningdek, ayollarni muhokama qilgan. Bundan tashqari, fayllarda Endryu yerda yotgan ayolning ustida tiz cho‘kib o‘tirgan fotosuratlar ham bor edi.
2025 yil oktabr oyida Bakinghem saroyi shahzoda Endryuni barcha unvonlaridan mahrum etdi va Vindzordagi Royal Lodge saroyini tark etishini e’lon qildi. Fevral oyida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Endryu Mauntbetten-Vindzorni AQSh kongressiga Jyeffri Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026