Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:08 / 12.06.2021
7590
2 daqiqa o‘qiladi
2 mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
“Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53ta tumanda 2021–2022 yillarda:
- 2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o‘rinlar yaratiladi;
- umumiy quvvati 11,2 ming o‘rindan ziyod bo‘lgan 100ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- quvvati 7,5 ming o‘ringa teng bo‘lgan 50ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi;
- davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga yetkaziladi hamda 7,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
2021 yil 1 iyuldan:
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – 2 nafargacha, boshqa hududlarda – 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarda ish haqi to‘lanadi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallari bilan bepul ta'minlanadi;
- 2022 yil 1 yanvarga qadar oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million so‘mgacha miqdorda 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada kreditlar ajratiladi.
Mavzuga oid
14:42 / 07.11.2025
Samarqand, Andijon, Qashqadaryo - MTT soni bo‘yicha yetakchi hududlar
18:05 / 24.10.2025
Ayrim oila farzandining nodavlat bog‘cha uchun to‘lovi bir qismi qoplab beriladi
11:40 / 10.09.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
18:08 / 16.07.2025