Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi
“Hududgazta’minot” tomonidan xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi.
Foto: Kun.uz
Korxona xabariga ko‘ra, u iste’molchilarga foydalanilgan tabiiy gaz uchun amaldagi va taklif etilayotgan tariflar bo‘yicha qiyosiy hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.
“Hududgazta’minot” saytiga kirib, tabiiy gaz iste’mol kalkulyatoridan foydalanish mumkin.
Bunda, tegishli bandga oylik tabiiy gaz sarfini kub metrda kiritib, isitish mavsumi yoki isitish mavsumidan tashqari mavsumni tanlash mumkin.
Kalkulyator hozirgi tarif bo‘yicha xarajatlarni, taklif etilayotgan tarif bo‘yicha xarajatlarni, oradagi farqni hamda hisoblash formulasini chiqarib beradi.
Avvalroq, Energetika vazirligi iste’molchilar uchun onlayn kalkulyatorni taqdim etgandi.
Uning yordamida har bir iste’molchi taklif etilayotgan tabaqalashtirilgan tariflar uning xarajatlariga qancha ta’sir qilishini hisoblab ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, iste’molchilar shaxsiy kabinetlari orqali qaysi oyda qancha elektr ishlatganliklarini onlayn ko‘ra oladi.
Mavzuga oid
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025
Elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan oilalar soni ko‘paydi
08:34 / 04.09.2025