Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qoidalarga ko‘ra, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida” va “Elektr energetikasi to‘g‘risida” qonunlariga muvofiq elektr energetikasi sohasi korxonalarida ishlab turgan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilayotgan, ularda qurilish-montaj, ta'mirlash va sozlash ishlarini amalga oshirayotgan xodimlarning xavfsizligini ta'minlash, shuningdek ularga ishlab chiqarishdagi xavfli omillar ta'sirining oldini olishga qaratilgan.
Qoidalarning talablari idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, elektr energetikasi sohasidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalari (elektr stansiyalar) hamda elektr energiyasining uzatilishini va taqsimlanishini amalga oshiruvchi korxonalari, shuningdek ushbu korxonalarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta'mirlash va sozlash tashkilotlari uchun majburiydir.
Qoidalarga muvofiq foydalaniladigan himoya vositalari davlat standartlari, shuningdek Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart.
Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor qurilmalari va havo yig‘gichlar, asboblar va moslamalar sinalgan bo‘lishi shart va mehnat xavfsizligi standartlari talablariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan sanoat xavfsizligi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
Ishlab turgan elektr qurilmalarda qurilish va montaj ishlari bajarilayotganda qurilish me'yorlari va qoidalari (QMQ) talablariga rioya qilinishi shart.
Ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarida mazkur Qoidalar talablari inobatga olinishi shart.
Har bir xodim, agar u qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘ra olmasa, zudlik bilan yuqori turgan rahbariyatga barcha aniqlangan buzilishlar, shuningdek elektr qurilmalaridagi inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida xabar berishi shart.
Qoidalar talablariga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man qilinadi.
Ishlayotgan xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish tartibi Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlarni tashkil qilish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (MTX) Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar, o‘zlarining egallab turgan lavozimi yoki kasbi doirasida Qoidalarni bilishlari va Qoidalarga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga ega bo‘lishlari shart.
Qoidalar bo‘yicha bilimlari tekshiruvdan o‘tgan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish paytida o‘zi bilan olib yurishi shart.
Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
yuqorida bajariladigan ishlar;
tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar: izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta'mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash;
bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari).
Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, to‘ldirilishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga muvofiq ushbu ro‘yxatdagi ishlarga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Qoidalarning talablarini buzgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:37 / 11.02.2026
AES maydonchasi uchun xavfsizlik talablari loyihasi ishlab chiqildi
14:49 / 27.01.2026
Davlat idoralarida “xavfsizlik” uchun mas’ullar faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi
12:10 / 16.10.2025
Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
12:12 / 15.10.2025