Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga o‘qishga kirish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur Nizomga ko‘ra, magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi:
“Yurisprudensiya” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolar;
“Yurisprudensiya” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan prokuratura organlarining xodimlari;
boshqa ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma'lumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari.
Magistraturada o‘qish muddati bir yil.
Magistraturaga kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbat shaklida har yili avgust oyida o‘tkaziladi.
Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va “Huquq magistri” darajasi beriladi.
Mavzuga oid
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025
Magistr ayollar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplash bo‘yicha ariza berish muddati uzaytirildi
18:20 / 31.08.2025
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
14:14 / 30.08.2025