Jahon | 21:11 / 19.12.2024
24067
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi

Birinchi o‘rinni 10 yildan beri Xitoy ushlab turibdi. Yuqori uchlikda AQSh va Hindiston ham bor.

Xitoy / Foto: Raul Ariano/Bloomberg

Visual Capitalist portali mutaxassislari yalpi ichki mahsulot (YaIM) bo‘yicha dunyoning eng yirik iqtisodiyotlarini xarid qobiliyati pariteti (XQP) bilan sozlangan infografikasini yaratdi. Buning uchun Xalqaro Valuta Jamg‘armasining 2024 yil ma’lumotlaridan foydalanildi.

Qayd qilish joiz, xarid qobiliyati paritetidan foydalangan holda qayta hisob-kitob qilish mamlakat iqtisodiyotidagi joriy narxlar darajasiga va demak, valutaning xarid qobiliyatiga tayanish imkonini beradi. XQP bo‘yicha YaIM turli mamlakatlarda yashash narxi va inflatsiya darajasini hisobga oladi, nominal YaIM esa shunchaki valutalardagi taqqoslashdir.

Visual Capitalist infografikasiga ko‘ra, Xitoy 2014 yildan beri dunyo iqtisodiyotlari orasida birinchi o‘rinni saqlab kelmoqda. Hozir AQSh ikkinchi, Hindiston uchinchi o‘rinda.

Umuman olganda, TOP-19 davlatlar quyidagicha:

- Xitoy - 33,1 trillion dollar;

- AQSh - 29,2 trillion dollar;

- Hindiston - 16,0 trillion dollar;

- Rossiya - 6,9 trillion dollar;

- Yaponiya - 6,6 trillion dollar;

- Germaniya – 6,0 trillion dollar;

- Braziliya - 4,7 trillion dollar;

- Indoneziya - 4,7 trillion dollar;

- Fransiya - 4,4 trillion dollar;

- Buyuk Britaniya - 4,3 trillion dollar;

- Italiya - 3,6 trillion dollar;

- Turkiya - 3,5 trillion dollar;

- Meksika - 3,3 trillion dollar;

- Janubiy Koreya - 3,3 trillion dollar;

- Kanada - 2,6 trillion dollar;

- Saudiya Arabistoni - 2,1 trillion dollar;

- Avstraliya - 1,9 trillion dollar;

- Argentina - 1,4 trillion dollar;

- Janubiy Afrika — 0,9 trillion dollar.

Mavzuga oid