Davlat rahbariga köra, töqqiz yil avval iqtisodiyot hajmini 100 mlrd dollarga yetkaziş katta marra bölib köringan. Ammo joriy yilda YaIM 145 mlrd dollardan oşib, bu xalqimiz va jamiyatning ulkan işlarga qodir ekanini namoyon etmoqda.
Prezident global savdo tizimida «öyin qoidalari» özgarayotgan, işlab çiqariş hamda transport-logistika zanjirlari uzilayotgan, xomaşyo va moliyaviy resurslar narxi oşib borayotgan şaroitda ham mamlakat iqtisodiyoti işonçli ösişda davom etayotganini ta’kidladi.
Murojaatnomada joriy yilda iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 mlrd dollarga yetgani, umumiy investitsiyalarning YaIMdagi uluşi 31,9 foizni taşkil etgani qayd etildi. Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, bu körsatkiçlar kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlarda barqaror ösiş uçun mustahkam zamin yaratadi.
Şuningdek, Prezident xalqaro reytinglarda Özbekistonning örni mustahkamlanib borayotganini aytib, yetakçi reyting agentliklari suveren reytingni «BB-»dan «BB» poğonasiga oşirganini qayd etdi.
Prezidentga köra, bunday özgariş taşqi moliyalaştiriş şartlarini yaxşilab, taşqi qarzga xizmat körsatiş xarajatlarini pasaytirişga xizmat qiladi.
Raqamli transformatsiya natijalari ham alohida tilga olindi: Jahon bankining GovTech Maturity Index’i böyiça Özbekiston 71 poğona yuqori kötarilib, top-10 mamlakat qatoriga kirgani aytildi.
Infratuzilma yönalişida ham 2025 yilda salmoqli işlar amalga oşirilgani bildirildi. Xususan, energetikadagi özgarişlar hisobiga elektr işlab çiqariş hajmi 85 mlrd kVt/soatga yetkazilgani, içimlik suvi va suğoriş suvi ta’minotida köplab mahallalar qamrab olingani qayd etildi. Uy-joy qurilişi böyiça esa yil davomida köp qavatli uylar topşirilişi, aholi va biznes tomonidan qöşimça quriliş işlari amalga oşirilgani ta’kidlandi.












