O‘zbekiston | 20:05 / 14.05.2026
4323
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Davlat rahbari Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining «Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 15 may kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Davlat rahbari Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining «Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Tadbir davomida ko‘p tomonlama hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sun’iy intellektni amalda qo‘llash borasida yanada kengaytirish xususida so‘z yuritiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qiladi.

Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid