Yo‘l, suv va ta'lim muammolari – aholi yuborgan takliflarga ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha ma'lumot berildi
Tashabbusli budjet loyihasida aholi tashabbuslariga ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Eng ko‘p yo‘llar va maktablarni ta'mirlash, ichimlik suvga oid tashabbuslar qoldirildi. Ajratilgan mablag‘ oshirildi.
Tashabbusli budjetga aholi tomonidan yuborilgan tashabbuslarga ovoz berish yakunlandi, 205 ta tuman va shaharda jami 881 ta taklif g‘olib deb topildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi.
Tashabbusli budjetga yuborilgan takliflarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha manbalari hisobidan:
- 2021 yil boshida shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 10 foiz hisobidan 40100 mln so‘m;
- 2021 yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha manbalarning kamida 10 foiz hisobidan 32818 mln so‘m;
- 2021 yil 1-yarim yillik yakunlariga qo‘shimcha manbalarning kamida 30 foiz hisobidan 126646 mln so‘m.
«Fuqarolar tashabbusi» jamg‘armasiga hammasi bo‘lib 292,2 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Tashabbusli budjet yakunlariga ko‘ra 205ta tuman va shaharda jami 881ta taklif g‘olib deb topildi.
Shuningdek, vazirlik xabarida jamg‘armalarga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi hisobiga g‘olib takliflar soniga aniqlik kiritilishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.
Avvalroq moliya vaziri o‘rinbosari 3-chorak yakunida tashabbusli budjet uchun ajratilgan mablag‘ 400 mlrd so‘mga yetkazilishini bildirgandi.
Mavzuga oid
19:34 / 14.09.2024
“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
17:08 / 10.09.2024
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
16:13 / 01.09.2024
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari e’lon qilindi
21:59 / 27.08.2024