«Taşabbusli budjet» jarayonining 2-bosqiç yakunlariga köra, jami 41 125ta taklif kelib tuşdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda. 

Takliflarni körib çiqiş jarayonida 19 289tasi belgilangan mezonlarga mos kelmagani sababli işçi guruh tomonidan rad etilgan bölsa, qolgan 21 832ta taklif belgilangan tartibda körib çiqilib, 3-bosqiç, ya'ni ovoz beriş jarayoniga ötkazildi.

Moliya vazirligi departamenti direktori Şerzod Muhamedovning sözlariga köra, takliflar ma'qullanişi uçun 2ta mezonga töğri kelişi kerak edi:

  1. Taklif summasi 1 mlrd sömdan oşmasligi; 
  2. Şaxsiy manfaatga qaratilgan bölmasligi.

«Şu mezonlarga töğri keladigan takliflar 21 832tani taşkil etdi. Navbatdagi bosqiçda taşabbuslar ovoz yiğişi kerak böladi. Ovoz beriş 1 sentyabrga qadar davom etadi. Buning uçun «Oçiq budjet» platformasiga kirib, öz hududidan qoldirilgan taşabbusga layk bosiş yoki ovoz beriş kerak. Taşabbusni Facebook, Telegram’ga ulaşiş imkoni ham bor. 13 avgustdan boşlab esa 20 kun davomida takliflarga ovoz beriş jarayoni ötkaziladi», deydi u. 

«Takliflar 40 barobar ösdi, buni kutmagan edik»

Bloger Xuşnud Xudoyberdiyevning «Taşabbusli budjet» mavzusida ötkazgan ovozli çatida moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov aholidan kelib tuşgan takliflar 41 mingdan ziyodni taşkil etganiga töxtaldi. 

«Loyiha boşlangan paytda kelib tuşgan takliflar soni 1100ta edi. Bugungi kunda ularning soni 41 125taga yetdi. Takliflar summasi 13 trln sömdan oşib ketdi. Birgalikda harakatlarimiz ortidan aholi «Taşabbusli budjet» platformasida taklif qoldirişda faol böldi. 

Qiziq ma'lumot şuki, odamlardan eng köp kelib tuşayotgan takliflar, asosan, içki yöllarni ta'mirlaşga yönaltirilgan, takliflar aholini qiynab kelayotgan muammolarni körsatib berdi.

Taşabbuslar kesimida içki yöllarni ta'mirlaş (1 150), içimlik suv (552), ijtimoiy soha obektlarini ta'mirlaşni (1245) taşkil etdi», deydi u.

Şuningdek, vazir örinbosari 3-çorak yakunida taşabbusli budjet uçun ajratilgan mablağ 400 mlrd sömga yetkazilişini bildirdi.

«Joriy yilning boşida 157 mlrd söm aholiga taşabbusli budjet uçun ajratilgandi. Hozir bu mablağ 286 mlrd sömni taşkil qilmoqda.

Respublika budjetidan qöşimça 93 mlrd söm mablağ berildi, bundan taşqari, mahalliy budjetlarning qöşimça manbalaridan 10 foiz yönaltirilar edi, endi bu miqdor 30 foizga yetkazildi. Bu mablağ 3-çorak yakunlari böyiça 400 mlrd sömga yaqinlaşişi közda tutilmoqda. Yil oxirigaça mablağlar yana orttirilişini kutyapmiz», dedi u. 

Haydarov «taşabbusli budjet» platformasini işga tuşirişdagi zaruratga ham töxtalib ötdi. 

«An'anaviy budjet davlat organlari, hukumat tomonidan tayyorlanadi va hukumatga kiritilib Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Mahalliy budjetlar mahalliy davlat organlari tomonidan tayyorlanib, tuman va şahar miqyosidagi deputatlar tomonidan tasdiqlanadi. 
Jahon tajribasi şuni körsatadiki, bu budjet köpinça mahalla, pastki darajada aholini qiynab kelayotgan masalalarni qamrab olmaydi. Mahalliy budjetlarda ma'lum mablağlar közda tutilsa-da, öşa mablağlar şu hududdagi aholi fikrlari asosida şakllantirilişi kerak degan xulosaga keldik.

Deylik, mahalliy budjetlar daromadlarining ortiqça bajarilgan qismini budjetdan 10 mlrd söm közda tutilgan bölsa, 1 mlrd ortiqça daromad qiladigan bölsa, xalqning takliflari asosida şakllantiriş böyiça öyladik. Biroq daromaddan oşirilgan mablağlar unçalik katta emas. Agar 2019-2020 yilga qarasak, ikki yilda örtaça 245 mlrd söm mablağ ajratilgan.

Endidan şunday tartib örnatildiki, mahalliy budjetlarning 5 foizi fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida şakllantiriladi», dedi vazir örinbosari.

Ma'lumot uçun, Moliya vazirligi iyul oyida yangilangan «Oçiq budjet» portalini («Openbudget.uz») işga tuşirgan, u yerda davlat budjeti, davlat qarzi haqida ma'lumot e'lon qilinadi va «Taşabbusli budjet» bölimi yaratilgan.

Fuqarolar mahalla, aholi punktlari va tumandagi muammolarni hal qiliş böyiça loyihalari bilan «Openbudget.uz» platformasi orqali murojaat qilişgan. Masalan, şahar infratuzilmasini yaxşilaş, xiyobonlar, bolalar va sport maydonçalari quriş, ekologik vaziyat va suv ta'minotini yaxşilaş, köça çiroqlarini ta'mirlaş va örnatiş, maktablarni ta'mirlaş va jihozlaş va hokazo.

2 sentyabrga qadar ovoz beriş jarayoni bölib ötadi. Fuqarolar tasdiqdan ötgan takliflarga ovoz beriş orqali budjetning bir qismini töğri sarflaşda iştirok etişi mumkin. 

Buning uçun saytga kirib, saralangan takliflarga ovoz beriladi. Taşabbuslar röyxatida tuman va şahar kesimida filtr qiliş imkoni bor. Ya'ni özingiz yaşayotgan hudud uçun berilgan takliflarni körib, ovoz berişingiz mumkin. 

Masalan, Çilonzor tumanida köprikka lift örnatiş masalasida taklif berilgan:

Portalda röyxatdan ötmasdan turib ham SMS orqali ovoz beriş imkoniyati yaratilgan. Buning uçun ma'qul kelgan taklifni tanlaş va ovoz bermoq tugmasini bosiş kerak böladi:

1) Telefon raqamini kiritiş söraladi;

2) Telefonga SMS keladi. Undagi kod kiritiladi va ovoz hisobga ötadi.

Ovoz beriş natijalari asosida tegişli tuman (şahar) hokimining ğolib loyihalarni moliyalaştiriş böyiça qarori loyihasi tayyorlanadi. Bir hafta içida uşbu loyihalar Xalq deputatlari kengaşiga kiritiladi.