Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahrida «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan «Oq shahar» mavzesidan o‘rin olgan.
Loyihaga ko‘ra, 8,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.
«Bog‘ hududida yurtimiz me’moriy obidalari nusxalari, sayilgohlar, yashil hududlar, mehmonxona, turli xil savdo va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etiladi. Binolar qurilishi va bezagida o‘zbek milliy me’morchiligi an’analari hamda naqshlaridan foydalaniladi», — deyiladi xabarda.
Marosimda ikki davlat rahbarlari birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berdi.





Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026