O‘zbekiston | 16:03 / 30.12.2018
8711
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga bayram tabrigi yo‘lladi

Foto: EPA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan Yangi yil tabrigida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganligini ta'kidladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

«Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va harbiy-texnika yo‘nalishlarida, qishloq xo‘jaligi va tinch atom sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning kengayishiga xizmat qildi», deyiladi Rossiya prezidentining tabrik maktubida.

Putin shuningdek, Rossiya va O‘zbekistonning birgalikdagi sa'y-harakatlari natijasida barcha yo‘nalishlarda ikki davlat manfaatlariga to‘liq javob beradigan, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan o‘zaro manfaatli munosabatlar bundan buyon ham rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilishgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid