O‘zbekiston | 17:31 / 02.12.2025
10680
1 daqiqa o‘qiladi

Guliston shahridagi bozorlardan birida gazballon portladi

FVV hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi bozorlardan birida gazballoni portlagani haqidagi lavhalar tarqaldi. Unda savdo rastalari orasida tutun tarqalgani, ba’zi rastalar vayron bo‘lgani, odamlar kiyim-boshini yechib tashlagani ko‘rinadi.

Sirdaryo viloyati FVB xabariga ko‘ra, hodisa shaharning Taraqqiyot mahallasida sodir bo‘lgan.

«2 dekabr kuni soat 10:49 da ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar keldi. Yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid