Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylaşgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasida portlaş va yonğin sodir böldi. Hodisa joyiga qutqaruv xizmatlari tezkor yetib borib, yonğinni örab oldi, bartaraf etiş işlari davom etmoqda.
Ma’lum qilinişiça, 7 aprel kuni soat 08:24 da «112» tizimi orqali Oqtom mahallasidagi gaz quyiş şoxobçasida «KAMAZ» rusumli propan gaz taşuvçi maxsus avtomobildan siğimga gaz quyiş vaqtida çaqnaş yuz bergani haqida xabar kelib tuşgan.
Qutqaruv bölinmalari hodisa joyiga soat 08:39 da yetib borib, yonğin soat 08:42 da örab olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisaga texnologik jarayonning buzilişi sabab bölgan bölişi mumkin. Hozirda mutasaddi idoralar tomonidan voqea sabablari örganilmoqda.
Töldiriş: Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, şundan bir nafari 10 foiz, yana bir nafari 3-4 foiz yengil kuyiş tan jarohati olgan. Ularning soğligiga xavf yöq, hozirda ahvoli yaxşi. Halok bölganlar yöq.

















