Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lex.uz saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e'lon qilinadigan bo‘ldi
2017 yil 20 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan Yuristlar malakasini oshirish markazida «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlashning huquqiy asoslari» mavzusida seminar tashkil etildi.
Xushnudbek.uz saytida yozilishicha, seminarda 25 sentabr sanasidan rasmiy manba sifatida tan olinadigan Lex.uz – milliy qonunchilik bazasi haqida ma'lumotlar ham berildi.
1. Lex.uz mutlaqo yangi va qulay dizaynda ishga tushadi;
2. Qonun hujjatlari lotin grafikasida ham e'lon qilinadi;
3. Xorijiy investorlar tomonidan eng ko‘p talab etiladigan 16ta kodeks (ya'ni barchasi) va 40ta qonun ingliz tili versiyasida e'lon qilinadi;
4. Bundan buyon yangi qabul qilingan normativ hujjatlar 1 kun muddatda Lex.uz saytida Pdf formatida joylashtiriladi. Bugungi holat qanday edi? Lex.uz saytida har haftaning dushanba kuni Qonun hujjatlari to‘plami e'lon qilinar, masalan, haftaning seshanba kunida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat faqatgina kelasi haftaning dushanba kuniga kelibgina e'lon qilinardi xolos;
5. Normativ-huquqiy hujjatlarga kirgan o‘zgarishlar 3 kun ichida Lex.uz saytida aks etadi.
Mavzuga oid
07:55 / 26.10.2025
O‘zbek tilidagi siyosiy kitoblar va Yevropa bilan katta bitim - hafta dayjesti
18:31 / 07.05.2024
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
20:05 / 05.07.2023
Shavkat Mirziyoyev: Alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur
17:15 / 24.06.2023