Vazirlar Mahkamasi ijro apparati xodimlari 2023 yil iyun-iyul oylari davomida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi, imlosi hamda davlat tilida iş yuritiş asoslari böyiça öqitilmoqda. Bu haqda Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi direktori Inomjon Azimov öz Facebook sahifasida xabar berdi.

“Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida 2023 yildan taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar, barça taşkilotlarda iş yuritiş hujjatlari va boşqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida işlab çiqiş, qabul qiliş va e’lon qiliş amaliyotini töliq joriy etiş topşiriği qöyilgan edi. Qaror ijrosini öz vaqtida ta’minlaş böyiça köplab vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlar 2023 yilni kutib ötirmasdan öz taşabbuslari bilan lotin yozuviga ötib ketdi, lekin haligaça öylanib yurgan davlat taşkilotlari ham yöq emas. Bu muammo xususida köp va xöp yozildi.

Lekin yana köpçilikda hukumatning özi qaçon lotin yozuviga ötar ekan, qaror çiqaruvçi boş tuzilma örnak bölmaydimi, kabi savollar ham bor edi. Afsuski, bu kabi savollar doim oçiq qolardi. Endi bunday savollarga aniq javob olinadigan kunlarga yetib keldik”, – deb yozdi u.

Azimovga köra, boş vazir Abdulla Aripovning bu borada bergan qat’iy topşiriği bilan, Vazirlar Mahkamasida iş yuritişni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga ötkaziş va şu munosabat bilan yuzaga keladigan masalalarni hal etib boriş böyiça işçi guruh taşkil qilingan.

Şuningdek, 2023 yil iyun-iyul oylarida Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasi xodimlari Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi bilan birgalikda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi va imlosi hamda davlat tilida iş yuritiş asoslari böyiça öqitilmoqda.

“Nihoyat, ikki yozuvlilikka barham beriladigan kunlarga ham yaqinlaşib kelyapmiz. Bugun şunday kunlarni orzu qilgan, jonini fido qilgan jadid bobolarimiz ruhi şod böldi. Qadri baland ona tilim, nufuzing va mavqeying bundan ham uluğ bölsin!” – deya postini yakunlagan Inomjon Azimov.

Xodimlari lotin yozuvida işlaşga öqitilarkan, Vazirlar Mahkamasida iş yuritiş qaçondan töliq lotin yozuviga ötişi borasidagi savol bilan Kun.uz muxbiri boş vazirning matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovga murojaat qildi. Hidoyatov hukumat xodimlari lotin yozuvida iş yuritişga öqitilayotganini tasdiqlab, şundan keyin bosqiçma-bosqiç lotin yozuviga ötilişini aytdi. Lekin aniq muddati haqidagi savolni oçiq qoldirdi.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta’minlaş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlangan.