Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun «Prezident sovg‘asi»ni maktablarga yetkazib berish boshlandi
«Prezident sovg‘asi» 25 avgustga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
Foto: Kitob tumani hokimligi
Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun «Prezident sovg‘asi» xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.
1- sinf o‘quvchilariga beriladigan «Prezident sovg‘asi» tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:
- o‘quvchi sumkasi
- 12 dona daftar
- rasm daftari
- akvarel bo‘yoqlari
- rangli qog‘oz
- qalamdon
- sharikli ruchka
- rangli qalam
- 2 dona oddiy qalam
- plastilin
- yelim
- 2 dona o‘chirg‘ich
«Prezident sovg‘asi» joriy yilning 25 avgustiga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
Mavzuga oid
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
10:22 / 06.03.2026
Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
10:46 / 02.03.2026