Sport | 17:24 / 29.11.2016
5624
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi aviahalokatdan omon qolganlardan biri shifoxonada jon berdi

«Shapekoense» darvozaboni Danilu Palelya aviahalokat vaqtida olingan jarohatlari tufayli shifoxonada jon berdi. Bu haqda revo30.com xabar tarqatdi.

Darvozabon halokatdan omon qolgan 5 kishidan biri edi.

Ayni vaqtda «Shapekoense» himoyachisi Alan Rushel va yarim himoyachi Jyekson Follmann shifoxonada.

Boliviyadan Kolumbiyaga uchgan samolyot bortida jami 81 kishi bo‘lgan: 72 yo‘lovchi (48 kishi klub delegatsiyasi vakillari va 21 nafar jurnalist) va ekipajning 9 nafar a'zosi. Ulardan 76 kishining o‘limi tasdiqlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid