Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Men aybsizman va hamon mamlakatim prezidentiman – Maduro Nyu-Yorkda ilk sud majlisida ishtirok etdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu-Yorkda dastlabki sud majlisida ishtirok etdi. Ularga «narkoterrorizm», kokain sotish va «Qo‘shma Shtatlarga zarar yetkazish niyatida» qurol va portlovchi moddalarni saqlash kabi ayblovlar e’lon qilindi. Er-xotin barcha ayblovlarni rad qildi. Keyingi majlis 17 martga belgilandi. Asosiy sud mahkamasi 2027 yilda boshlanishi kutilmoqda.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores 5 yanvar kuni Nyu-Yorkda dastlabki sud majlisida ishtirok etdi. Unda Maduro juftligiga ayblovlar rasman o‘qib eshittirildi va sudya ularning advokatlari borligiga ishonch hosil qildi. Shundan so‘ng, sud dalillar almashish va sudgacha bo‘lgan iltimosnomalar uchun dastlabki jadvalni belgiladi. Ta’kidlanishicha, asosiy sud jarayoni 2027 yilda boshlanishi mumkin.
Maduro va uning xotini «narkoterrorizm», kokain sotish va «Qo‘shma Shtatlarga zarar yetkazish niyatida» qurol va portlovchi moddalarni saqlashda ayblandi. Maduro va Flores ayblovlarni tan olmadi.
«Men bu yerda [ayblov xulosasida] tilga olingan hech narsada aybdor emasman. Men halol odamman. Men hali ham o‘z mamlakatim prezidentiman», dedi Maduro.
Flores sudda o‘zini Venesuelaning birinchi xonimi deb tanishtirdi va aybini rad etdi.
Juftlikning advokatlari sudga mijozlari hozir garov puli evaziga ozod qilishni so‘ramasligini, bu haqda keyinroq arizasi berilishini ma’lum qildi.
Maduroning himoyachisi Barri Pollak mijozining Qo‘shma Shtatlarga yetkazilishi masalasining qonuniyligi borasida savollar borligini ta’kidladi. Floresning advokati Mark Donnelli uning o‘g‘irlanishi paytida jarohat olganini va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligini aytdi.
Shundan so‘ng, sud majlisi yakunlandi, keyingi majlis 2026 yil 17 martga belgilandi.
Nikolas Maduro va Siliya Flores 3 yanvar kechasi AQSh maxsus kuchlari tomonidan Venesueladan olib chiqib ketildi. AQSh rasmiylari Venesuela prezidentini giyohvand moddalar kontrabandasi va qurol saqlashda ayblamoqda, uning rafiqasi esa pora olish va odam o‘g‘irlash va qotilliklarni uyushtirishda ayblanmoqda.
Maduro va Flores sud jarayoni tugagunga qadar Bruklinda yuqori darajadagi xavfsizlikka ega shaxslar uchun mo‘ljallangan qamoqxonada saqlanadi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026