Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand davlat universitetida xalqaro ta'lim dasturlari fakulteti tashkil etildi
Samarqand davlat universitetida yurtimiz tarixida ilk marotaba xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ta'lim beriladigan Xalqaro ta'lim dasturlari fakulteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, fakultetda quyidagi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- Xitoyning Sian Jiaotong va Shansi universitetlari;
- Janubiy Koreyaning Sunchonxyan universiteti;
- Isroilning Xolon texnologiya instituti;
- Hindistonning Aligarx Muslim universiteti;
- Germaniyaning Kiyel universiteti;
- Fransiyaning Injyeneriya maktabi;
- Rossiyaning Stankin Moskva Davlat texnologiyalar va Sankt-Peterburg universitetlari.
Fakultetda materialshunoslik, sanoat matematikasi, mexatronika va robototexnika, geografik axborot tizimlari va masofaviy zondlash, muhandislik, axborot texnologiyalari, tarix, maktabgacha ta'lim, psixologiya kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.
Bakalavriatning 1- va 2-bosqichlari va magistraturaning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo‘ladilar.
Abituriyentlardan hujjatlar Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti binosining 1-qavatida qabul qilinmoqda.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025