O‘zbekiston | 15:14 / 24.10.2022
8389
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026 yilgacha quriladi 

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026 yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.

Zokir Bozorov

Qayd etilishicha, 2022-2026 yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bular: 

  • Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
  • Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yo‘li va Taxtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi.
  • Shuningdek, Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari bo‘yicha Jahon banki guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
  • Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etyapti.

Ma’lum qilinishicha, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan respublika mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yildan joriy yil sentabr oyiga qadar umumiy qiymati 12,4 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan jami 423 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha ishlar olib borildi.

Mavzuga oid