Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 3 kunlik MChJ 2,6 mlrd so‘mlik issiqxonalar qurish bo‘yicha tenderni yutib oldi
Antimonopoliya viloyat boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilgan. Tenderni o‘tkazishda bir qator qonun talablari buzilgan deb topilib, tanlov qarorlari bekor qilingan.
Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda 3 kunlik firma jami 2 mlrd 601 mln so‘mlik issiqxonalar o‘rnatishni yutib olgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Antimonopoliya qo‘mitasi tenderda qonunbuzarliklar bo‘lganini tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan etender.uzex.uz maxsus elektron portalida 12 ta tumanda jami 289 ta 2 mlrd 601 mln so‘mlik yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan.
Tanlovda buyurtmachi tomonidan savdolarning qonunchilikda belgilangan tartibi buzilgan. Shuningdek, tanlovning bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish orqali qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.
Xususan, “Nxs Ctroybadmetall” MChJ va “Turnoverprice” MChJ tomonidan kerakli xujjatlar (issiqxona qurish bo‘yicha ish tajribasi, qurilishda ishlatiladigan materiallar ro‘yxati) taqdim qilinmagan bo‘lsa-da, ularga asossiz yuqori ballar berilgan.
Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda xarid komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lmagan holda qonunchilikka zid ravishda qaror qabul qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq, Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash agentligi “Onlayn mahalla” axborot tizimini yaratish uchun 8,4 mlrd so‘m (taqriban 755 ming dollar) sarflayotgani va istisno tariqasida tender o‘tkazmasdan shartnoma tuzgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
11:43 / 03.12.2025
Qibray tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalar aniqlandi
11:03 / 03.12.2025
Toshkent tumanida 22 ta mahalladagi issiqxonalarda ekologik qoidalar buzilishi aniqlandi
15:31 / 29.11.2025