Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryoda 3 kunlik firma jami 2 mlrd 601 mln sömlik issiqxonalar örnatişni yutib olgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Antimonopoliya qömitasi tenderda qonunbuzarliklar bölganini tasdiqladi.
Ma’lum bölişiça, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi tomonidan etender.uzex.uz maxsus elektron portalida 12 ta tumanda jami 289 ta 2 mlrd 601 mln sömlik yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş böyiça tanlov ötkazilgan.
Tanlovda buyurtmaçi tomonidan savdolarning qonunçilikda belgilangan tartibi buzilgan. Şuningdek, tanlovning bir neçta iştirokçisiga savdolarda qatnaşiş uçun imtiyozli şart-şaroitlar yaratib beriş orqali qonunbuzilişlariga yöl qöyilgan.
Xususan, “Nxs Ctroybadmetall” MÇJ va “Turnoverprice” MÇJ tomonidan kerakli xujjatlar (issiqxona quriş böyiça iş tajribasi, qurilişda işlatiladigan materiallar röyxati) taqdim qilinmagan bölsa-da, ularga asossiz yuqori ballar berilgan.
Bundan taşqari, buyurtmaçi tomonidan ötkazilgan tanlovlarda xarid komissiyasi a’zolarining kamida uçdan ikki qismi hozir bölmagan holda qonunçilikka zid ravişda qaror qabul qilingan.
Qayd etilişiça, hozirda qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan mansabdor şaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik çoralari körilmoqda.
Avvalroq, Kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Mahallabay işlaş agentligi “Onlayn mahalla” axborot tizimini yaratiş uçun 8,4 mlrd söm (taqriban 755 ming dollar) sarflayotgani va istisno tariqasida tender ötkazmasdan şartnoma tuzgani haqida xabar berilgandi.

















