O‘zbekiston | 19:39 / 21.01.2026
3831
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Asia Alliance Bank Nodirbek Yoqubboyevni brend-ambassador etib tayinladi

Asia Alliance Bank O‘zbekiston intellektual sportining eng yorqin vakillaridan biri, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev bilan hamkorlik boshlanganini ma’lum qildi. Bankning ma’lum qilishicha, taniqli shaxmatchining brend-ambassador sifatida tanlanishi strategik fikrlash, qaror qabul qilishda aniqlik va doimiy rivojlanish kabi umumiy qadriyatlarga asoslanadi.

Bank matbuot xizmati bildirishicha, ushbu hamkorlik iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy intellektual salohiyatni rivojlantirish va shaxmatni ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarning bir qismi hisoblanadi.

Zamonaviy o‘zbek shaxmatining yetakchi vakili

2002 yil 23 yanvarda tug‘ilgan Nodirbek Yoqubboyev O‘zbekiston shaxmatining eng nufuzli vakillaridan biri sanaladi. U uch karra O‘zbekiston chempioni (2016, 2018, 2020 yillar) bo‘lib, 2019 yildan buyon xalqaro grossmeyster maqomiga ega.

Yoqubboyev 2016 yilda Jahon o‘smirlar shaxmat olimpiadasida shaxsiy hisobda oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2017 yilda esa 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgan. U “O‘zbekiston belgisi”, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari hamda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2026 yil boshiga kelib Nodirbek Yoqubboyev 2691 dolzarb reyting bilan dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoridan joy olgan. U FIDE Jahon kubogi, Shaxmat olimpiadalari kabi yirik xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

«Shaxmat va bank sohasini umumiy jihatlar bog‘laydi»

Asia Alliance Bank matbuot xizmati Nodirbek Yoqubboyev bilan hamkorlik mohiyatini quyidagicha izohlaydi:

«Professional shaxmat va bank sohasi o‘rtasida ko‘plab o‘xshash jihatlar bor. Har ikki sohada ham muvaffaqiyat oldingi qadamlarni aniq hisoblay bilish, mas’uliyatli pallalarda sabr va barqarorlikni saqlashga bog‘liq. Nodirbek Yoqubboyev iste’dod, mehnatsevarlik va muvaffaqiyat timsoli bo‘lib, uning Asia Alliance Bank jamoasiga qo‘shilganidan mamnunmiz».

Ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida O‘zbekistonda shaxmatni ommalashtirish, yoshlar uchun ta’limiy va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Asia Alliance Bank ATB O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan tijorat banklaridan biri bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli bank xizmatlarini taqdim etadi. Bank innovatsion texnologiyalarni faol joriy etish bilan birga, mamlakatdagi muhim madaniy va sport tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid