Asia Alliance Bank jamoasi 19 oktabr kuni yangi ilovasi – Alliance konsepsiyasining taqdimotini ötkazdi. Endi mijozlar ixtiyorida 30 dan ortiq xizmatlardan onlayn foydalaniş imkoni mavjud, jumladan:
- Şaxsni masofaviy tarzda aniqlaş (masofaviy identifikatsiya);
- Mablağlar ötkazmalari;
- Xizmat uçun tölovlar va kommunal tölovlar;
- Valutani ayirboşlaş;
- Hisob raqamlarni oçiş va hokazo.
Taqdimot avvalida bank boşqaruv raisi Umidjon Hakimov sözga çiqib, bu bankning mutlaqo yangi qadami ekanini ta'kidladi.
“Bugun yangi mobil ilovamiz Alliance'ning konsepsiyasining taqdimoti bölib ötdi. Ilova imkon qadar qulay va sodda bölişi uçun unda biz mijozlarning barça xohiş-istaklarini mujassamlaştirişga harakat qildik. Mobil ilova mijozlar fikrlari bilan yanada takomillaştiriladi. Alliance ilovasi nafaqat bizning mijozlarimiz uçun, balki butun respublika aholisi uçun bank xizmatlaridan foydalanişda qulayliklar yaratişiga işonamiz”, - dedi.

Alliance bir qança bank xizmatlaridan tez va oson, ortiqça ovoragarçiliklarsiz foydalanişga imkon beradi:
- Bank ofisiga kelmasdan Özbekistonning istalgan nuqtasidan turib bank mijoziga aylaning. Buning uçun pasport seriyasi, raqami hamda telefoningiz old kamerasiga qarab bir neça amallarni bajarişingiz kifoya.
- «Xizmatlar» sahifasida siz karta buyurtirişingiz, hisobraqam yoki hamyonni oçişingiz mumkin. Arizalaringiz holatini «Arizalar» funksiyasi orqali körişingiz mumkin böladi.
- Barça mahsulotlaringiz «Mening mahsulotlarim» sahifasida töplangan. Bu yerda barça kartalaringiz, hisobraqamlaringiz va boşqa ma'lumotlar aks ettiriladi.
- Tölovlar sahifasida bir tegişdayoq an'anaviy pul ötkazmalardan tortib, tölov namunalari va avtotölovlargaça bölgan keng doiradagi kundalik tölov xizmatlaridan foydalanişingiz mumkin.
- 600 tadan ortiq xizmat körsatuvçilarning xizmatlari uçun tölovlarni amalga oşirişingiz mumkin.
- Qarz olişni yoqtirmay, pul yiğişni afzal körasizmi? Könglingizga yaqin an'anaviy aqçadonni ilovaning özida yaratişingiz mumkin. Turli maqsadlar uçun, jumladan, öqiş yoki sayohat uçun, bir neçta aqçadonni yarating va ularni istaganingizça tez töldiring.









