Asia Alliance Bank Özbekiston intellektual sportining eng yorqin vakillaridan biri, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev bilan hamkorlik boşlanganini ma’lum qildi. Bankning ma’lum qilişiça, taniqli şaxmatçining brend-ambassador sifatida tanlanişi strategik fikrlaş, qaror qabul qilişda aniqlik va doimiy rivojlaniş kabi umumiy qadriyatlarga asoslanadi.

Bank matbuot xizmati bildirişiça, uşbu hamkorlik iste’dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, milliy intellektual salohiyatni rivojlantiriş va şaxmatni ommalaştirişga qaratilgan taşabbuslarning bir qismi hisoblanadi.

Zamonaviy özbek şaxmatining yetakçi vakili

2002 yil 23 yanvarda tuğilgan Nodirbek Yoqubboyev Özbekiston şaxmatining eng nufuzli vakillaridan biri sanaladi. U uç karra Özbekiston çempioni (2016, 2018, 2020 yillar) bölib, 2019 yildan buyon xalqaro grossmeyster maqomiga ega.

Yoqubboyev 2016 yilda Jahon ösmirlar şaxmat olimpiadasida şaxsiy hisobda oltin medalni qölga kiritgan. 2017 yilda esa 16 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida Osiyo çempionati ğolibi bölgan. U “Özbekiston belgisi”, “Mard öğlon” davlat mukofotlari hamda “Özbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2026 yil boşiga kelib Nodirbek Yoqubboyev 2691 dolzarb reyting bilan dunyoning eng kuçli şaxmatçilari qatoridan joy olgan. U FIDE Jahon kubogi, Şaxmat olimpiadalari kabi yirik xalqaro musobaqalarda Özbekiston şarafini munosib himoya qilib kelmoqda.

«Şaxmat va bank sohasini umumiy jihatlar boğlaydi»

Asia Alliance Bank matbuot xizmati Nodirbek Yoqubboyev bilan hamkorlik mohiyatini quyidagiça izohlaydi:

«Professional şaxmat va bank sohasi örtasida köplab öxşaş jihatlar bor. Har ikki sohada ham muvaffaqiyat oldingi qadamlarni aniq hisoblay biliş, mas’uliyatli pallalarda sabr va barqarorlikni saqlaşga boğliq. Nodirbek Yoqubboyev iste’dod, mehnatsevarlik va muvaffaqiyat timsoli bölib, uning Asia Alliance Bank jamoasiga qöşilganidan mamnunmiz».