O‘zbekiston | 22:24 / 09.06.2018
8446
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishdagi yangi loyihalarni boshlab berdi.

Foto: “Book theatre” MChJ axborot xizmati

6-7 iyun kunlari “Turkiston” san'at saroyida o‘tgan “Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda” nomli ma'naviy-ma'rifiy konsert dasturi kitobxonlik targ‘ibotini oshirishda navbatdagi qiziqarli tadbirlardan biri bo‘ldi.

Foto: “Book theatre” MChJ axborot xizmati
Foto: “Book theatre” MChJ axborot xizmati

Dasturda taniqli yozuvchi va shoirlarning badiiy chiqishlari, “Omadli kitobxon” aksiyasi, “Turon” teatr guruhining “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyishi, hamda taniqli san'atkorlarning qo‘shiqlari ma'naviy-ma'rifiy konsertning qiziqarli o‘tishini ta'minladi.

Foto: “Book theatre” MChJ axborot xizmati

Tadbirda “Kitob yarmarka”si ham tashkil etildi. Yarmarkada ishtirokchilar qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli janr va yo‘nalishdagi kitoblarni sotib olishdi.

Foto: “Book theatre” MChJ axborot xizmati

Tadbirda shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon o‘qituvchi”, “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi”, “Eng yaxshi kitobxon oila” va “Eng yaxshi kitobxon guruh” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar: “Book theatre” MJ, Mudofaa hamda Ichki ishlar vazirliklarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid